Ilm-fan
Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi davlat universitetida yana qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilishiga yoʻl qoʻyilmoqda. Bu haqda Telegramʻdagi “Ekologuz” kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, universitet maʼmuriyatining daraxtlarni kesish borasidagi murojaatlariga uchinchi marta Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasidan rad javobi berilgan. Lekin baribir daraxtlar kesib tashlangan.
Qarshi davlat universitetida qimmatbaho daraxtlarning kesilishiga yoʻl qoʻyib berilayotgan holatini toʻxtatilishini va Oʻzbekiston qonunlari, Prezidentimiz tomonidan ʻYashil makonʼ loyihasi doirasida qabul qilgani farmonida koʻrsatilgan har bir band boʻyicha ekologiya inspektorlari va universitet mansabdorlarini xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishini soʻraymiz», — deyiladi xabarda.
Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaaza qilish boshqarmasi holatga rasmiy munosabat bildirib, hozirda oʻrganish ishlari olib borilayotganini maʼlum qildi. Boshqarma oʻrganish yakunlari boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishini taʼkidlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q