Madaniyat
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi asoschisi Igor Savitskiy haykalini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qildi.
Haykalni yaratish hukumatning Qoraqalpog‘istonda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan. Muzey hududida haykal o‘rnatish, shuningdek, rassom dafn etilgan Nukus shahridagi qabristonni obodonlashtirish ishlari 2021−2022 yillarga mo‘ljallangan edi.
4 avgust kuni Savitskiy tavalludining 107 yilligi nishonlandi. Tadbir davomida jamoatchilik e’tibori haligacha muzey asoschisiga haykal o‘rnatilmaganiga qaratildi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, haykal betakror badiiy-me’moriy yechimga ega, yuksak estetik talab darajasida va badiiy g‘oya izchilligiga ega bo‘lishi kerak.
Tanlovda monumental san’at sohasida tajribaga ega professional haykaltaroshlar ishtirok etishlari mumkin, deyiladi xabarda.
Tanlovga taqdim etiladigan eskiz loyihalari 5 oktabrga qadar Badiiy akademiyaning Toshkent shahridagi manzilida qabul qilinadi. Bog‘lanish uchun telefonlar: 71−232−06−75, 94−630−77−55.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q