Jamiyat
Oʻzbekistonda taʼlim muassasalarida oʻqish 5-sentyabrdan boshlanadi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻzbekistonliklar 4 kun dam oladi:
“Demak, 5-sentyabr, dushanba kuni barcha taʼlim muassasalari uchun 2022/2023-oʻquv yilining ilk oʻqish kuni boʻladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi prezidenti farmoniga koʻra, barcha xodimlar uchun 2-sentyabr – juma qoʻshimcha dam olish kuni, olti kunli ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 3-sentyabr – shanba dam olish kunlari etib belgilangan.
Oʻzbekiston baxtli mamlakatlar reytingida eng yuqori oʻrinni egalladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q