Oʻzbekiston baxtli mamlakatlar reytingida eng yuqori oʻrinni egalladi

Saqlash
16:52 / 16.08.2022 846 0

Turkiy tilda soʻzlashuvchi mamlakatlar orasida Oʻzbekiston hayotdan qoniqish darajasi eng yuqori boʻlgan mamlakat deb topildi. Bu haqda Review xabar bermoqda.

 

Tadqiqotda turkiy tilda soʻzlashuvchi mamlakatlardan Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Shimoliy Kipr, Turkiya va Oʻzbekistondan jami 7059 nafar ishtirokchidan toʻplangan maʼlumotlarga tayanilgan.

 

Turkiy tilda soʻzlashuvchi mamlakatlar aholisining 85,9 foizi baxtli, 11,3 foizi unchalik baxtli emas, 2,8 foizi esa umuman baxtli emasligini bildirgan.

 

Turkiy tilda soʻzlashuvchi mamlakatlar orasida ozarbayjonliklarning baxtlilik darajasi yuqori ekani qayd etilgan.

 

Bu mamlakatlar orasida hayotdan qoniqish darajasi eng yuqori boʻlgan mamlakat – Oʻzbekiston.

 

Tadqiqot natijalariga koʻra, oila va doʻstlarning hayotdagi muhimlik darajasi hayotdan qoniqishga koʻproq taʼsir koʻrsatsa, siyosat va dinning taʼsiri pastroq. Ish va boʻsh vaqtning muhimligi esa statistik jihatdan ahamiyatsiz.

 

Shuningdek, hayotdan qoniqish va moliyaviy holatdan mamnuniyat orasida ijobiy bogʻliqlik kuzatilib, moliyaviy holatdan mamnuniyatning bir punktga ortishi hayotdan qoniqishni oʻn punktga orttiradi.

 

Turkiy tilda soʻzlashuvchi mamlakatlarda hayotdan qoniqish va milliy iftixor orasida kuchli bogʻliqlik kuzatilgan.

 

Milliy iftixorning yuqori darajasi – Oʻzbekiston va Turkiyada, nisbatan past darajasi – Kipr va Qirgʻizistonda qayd etilgan.

 

Ayollar erkaklarga nisbatan, yoshlar yoshi kattalarga nisbatan, sogʻlom respondentlar sogʻliq holati yomon boʻlganlarga nisbatan yuqoriroq hayotdan qoniqish darajasiga ega ekani qayd etildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//