Oʻzbekistonda havo harorati pasayib, chang-toʻzon boʻlishi kutilmoqda

Saqlash
16:23 / 16.08.2022 633 0

Joriy yilning 18-20-avgust kunlari Oʻzbekiston hududiga Ural hududidan salqin havo kirib keladi. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi direktori Habibulla Sherzodxoʻja xabar berdi. 

 

18-20-avgustda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi kutilmoqda. Jumladan:

 

18-avgustda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;

 

19-20-avgustda Buxoro, Navoiy,Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Fargʻona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.

 

19-20-avgustda kunduzgi havo harorati +27...+32 darajagacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//