Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi Shahrisabzdagi maktabning tom qismi qulab tushgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahridagi 6-sonli umumtaʼlim maktabining tom qismi qulab tushgani tasvirlangan video tarqaldi.
Holat Qashqadaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullari va tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida atroflicha oʻrganilgan.
Maʼlum qilinishicha, Shahrisabz shahridagi 6-sonli maktab binosi 2017-yilda qurilgan boʻlib, quvvati 630 oʻrinli maktabda hozirda 1064 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Maktabning navbatlilik koeffitsiyenti 1.7 ni tashkil etadi. Maktabning 1926-yilda loy paxsali binosi oʻrniga 2017-yil Investitsiya dasturi asosida 630 oʻrinli zamonaviy yangi oʻquv binosi qurilgan. Maktabda qurilish tiklash ishlarini viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida “Saʼdullo bobo” MCHJ tomonidan qurilgan boʻlib, obyektning qiymati 2,27 milliard soʻmni tashkil etadi.
“Tasvirda yoritilgan maktab eski binosi esa 1926-yilda qurilgan bino boʻlib, ushbu binodan 2017-yildan buyon foydalanilmaydi. Maktab binosini eskirgan tom qismini qulab tushishi natijasida biror-bir maktab masʼullari yoki pedagog jamoaga shikast yetmagan. Hozirda esa tasvirda koʻrsatilgan parta, stul hamda mebel jihozlardan maktab maʼmuriyatida foydalanilmaydi”, deyiladi munosabatda.
Qayd etilishicha, demografik oʻsishni inobatga olib 2025-yillarda maktabga qoʻshimcha bino quriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q