Jamiyat
Magistraturada oʻqiyotgan xotin-qizlar har oʻquv yilining 15-sentyabrigacha oʻzi oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza bersa, ularning kontrakt puli davlat byudjetidan qoplab beriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichida taʼlim olayotgan xotin-qizlarni toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlab berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga koʻra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan va oʻqiyotgan xotin-qizlarga bazaviy toʻlov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari toʻliq toʻlab beriladi. Buning uchun talabgorlar oʻzlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak.
Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15-oktyabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi. 15-sentyabrdan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi va toʻlov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.
Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:
– Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;
– Bosh prokuratura Akademiyasi;
– Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
– Bank-moliya akademiyasi.
Shuningdek, bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning Oʻzbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, 2023-yildan boshlab Oʻzbekistondagi davlat oliy taʼlim muassasalarida magistraturada oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard soʻm ajratiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q