Jamiyat
Yurtimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan respublika boʻylab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 15-20-avgust kunlari madaniy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va konsert dasturlarini oʻtkazish belgilangan. Bugun Toʻrtkoʻl tumanida ushbu shior ostida maʼnaviyat festivali boshlandi. Shu munosabat bilan tumandagi Madaniyat saroyida bir guruh olim va shoirlar, qoʻshiqchi sanʼatkorlar, teatr va kino arboblari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Unda koʻp millatli Oʻzbekiston bitta xalq, bir davlat, bir qismat egasi boʻlish saodatini bergan mustaqillikni bundan keyin ham koʻz qorachigʻidek asrashi lozimligi taʼkidlandi. Shoir va sanʼatkorlarning chiqishlari taqdim etildi.
Ushbu shior ostida Jizzax viloyati, Doʻstlik tumanida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, tuman xalq taʼlim va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida konsert dasturi tashkil etildi. Unda tuman madaniyat markazi xodimlari va yosh estrada xonandalari tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Viloyatning Zarbdor tumanida esa “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi qoʻshiqlar” tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 50 nafarga yaqin tuman yoshlari ishtirok etdi. Yakunda gʻolib boʻlgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori bilan madaniy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xususan, tumanning “Xoʻjaguzar” “Batosh”, “Chanoq” va “Eskibogʻ” mahallalarida boʻlib oʻtgan tadbirlarda turli madaniy chiqishlar, soʻz askiyalari, sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Quvasoy shahrida ham bayram tadbirlari oʻtkazilib, aholiga yaxshi kayfiyat ulashilyapti. Shaharning markaziy maydonida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Mustaqillik oqshomlari” konsert dasturi oʻtkazildi. Tadbirlar davomida keksalar holidan xabar olinib, yoshlar bilan erkinlik, yangilanish va kelajak haqida suhbatlar olib borilmoqda.
Xorazm viloyati Urganch shahrida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi hamda shahar hokimligi hamkorligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Ularda Vatan, ona-yurt, mustaqillik haqida sheʼr va qoʻshiqlar ijro etilib, viktorinalar tashkil etilmoqda. Gʻolib boʻlgan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan kitoblar, esdalik sovgʻalari topshirilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q