Namanganda er-xotin tarvuzdan zaharlanib vafot etdi

Saqlash
17:37 / 15.08.2022 638 0

Namangan viloyati Norin tumanida bir oila tarvuzdan zaharlandi, ularning ikki nafari vafot etdi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 2022-yil 11-avgust soat 09:30 larda Norin tumani, “Katta yaydoq” MFY, Gʻ.Gʻulom koʻchasi 115-uyda yashovchi fuqarolar J.X., uning turmush oʻrtogʻi M.E. va farzandlari G.X., R.X. hamda nabiralari S.R., U.R. oʻz yashash xonadonida ovqat va 2022-yil 7-avgust kuni tuman dehqon bozori old qismidan sotib olgan hamda ikki kun muzlatkichda saqlab, 2022-yil 9-avgustda isteʼmol qilgan tarvuz mahsulotidan zaharlangan. Oqibatda J.X. va uning turmush oʻrtogʻi M.E. yashash xonadonida vafot etgan.

 

Fuqaro G.X., R.X. va ularning farzandlari tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

 

Norin tumanlararo STEBning 2022-yil 11-avgustdagi 71 va 72-sonli dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhum J.X. va M.E.ning oʻlimiga — nomaʼlum agentdan (ovqat mahsulotidan) zaharlanishi, ichki aʼzolar shok holati, qonning suyuq holda boʻlishi, surunkali yurak ishemik kasalligi, oʻtkir miya oʻpka shishi, oʻtkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi sabab boʻlgani koʻrsatilgan.

 

Fuqaro J.X. va M.E.ning vafot etgani, fuqaro G.X. va uning farzandlari hamda singlisi R.X. zaharlangani sababiga aniqlik kiritish maxsus bilim talab qilishini inobatga olib, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.

 

Hozirda mazkur holat boʻyicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//