Kelayotgan haftada ob-havo qanday boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
23:03 / 12.08.2022 683 0

Bugun va ertaga respublika boʻyicha kechasi va ertalab nisbatan salqin, kunduz kunlari biroz issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqida “Oʻzgidromet” axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, shu kunlari havo harorati kechalari 18-22 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja atrofida boʻladi.

 

Choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari bilan kuzatilishi mumkin.

 

Respublika hududiga 14-avgust kunidan Turkmaniston hududlaridan biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Oʻzbekiston boʻyicha havo harorati asta-sekin koʻtariladi va keyingi haftaning boshida kunduzgi harorat 37-39 foizga yetadi.

 

Ushbu kunlarda Oʻzbekiston hududi boʻyicha asosan bulutsiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat 12-avgust kuni kechqurun Namangan va Fargʻona viloyatlarining ayrim togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//