DTM Soʻx tumanida oʻtkazilgan test sinovi natijalari kechiktirilayotganiga izoh berdi

Saqlash
22:32 / 12.08.2022 707 0

Davlat test markazi Fargʻona viloyati Soʻx tumanida oʻtkazilgan test sinovi natijalari nega imtihon topshirilgan kunning ertasiga eʼlon qilinmayotgani boʻyicha tushuntirish berdi.

 

Taʼkidlanishicha, abituriyentlarning test sinovida toʻplagan ballari test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga eʼlon qilinadi. Lekin Davlat komissiyasining 2-sonli bayonida Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida oʻtkazilgan test sinovi natijalarini bir kunda eʼlon qilmaslikka istisno tariqasida ruxsat berilgan. Chunki:

 

Soʻx tumani Oʻzbekistonning anklav hududi hisoblanadi;

 

u yerda oʻtkazilgan test sinovi materiallarini Qirgʻiziston hududidan olib oʻtish lozim;

 

test materiallarini har kuni Toshkent shahriga yetkazish imkoni mavjud emas.

 

Shu sababli Soʻx tumanida ishtirok etgan abituriyentlarning test natijalari 1 kunda eʼlon qilinmayapti. Hozirga qadar Soʻx tumanida 8–9-avgust kunlari va 10-avgust kuni 1-smenada oʻtkazilgan test sinovi natijalari eʼlon qilingan boʻlib, keyingi kunlarning natijalari test materiallari Davlat test markaziga yetib kelishi bilan eʼlon qilinadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//