Jamiyat
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2022-yil 1–4-sentyabr kunlari ichki yoʻnalishlarda yoʻlovchi poyezdlari uchun chegirmalar eʼlon qildi. Chegirmalar quyidagi holatlarda beriladi:
- Nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;
- Oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;
- Oilaviy boʻlib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;
- Bir jamoa, guruh boʻlib poyezdga chiqsa (yoʻriqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan – 15%;
- “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10%.
Eslatib oʻtamiz, imtiyozli boʻlgan chiptalarni faqat temiryoʻl kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q