Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi maʼlum qilindi

Saqlash
16:48 / 12.08.2022 728 0

Oʻzbekistonda 2022-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi. Bu haqida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

 

Taʼkidlanishicha, 2022-yilning 1-iyun holatida mehnat resurslari soni 19 453,3 ming kishini tashkil etib, 2021-yilning shu davriga nisbatan 100,8 foizga yoki 153,7 ming kishiga oshgan.

 

Iqtisodiyot tarmoqlarida band boʻlganlar soni 13 773,6 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga yoki 261,3 ming kishiga oshgan.

 

«2022-yilning 1-iyun holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 074,4 ming kishini tashkil qilib, 2021-yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band boʻlganlar soni 4,1 foizga yoki 240,6 ming kishiga oshgani kuzatildi.

 

Norasmiy sektorda band boʻlganlar soni 5 690,3 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 8,2 foiz yoki 507,5 ming kishiga kamaygan», deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketganlar 2008,8 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 528,2 ming kishiga oshishi norasmiy bandlarni kamayishiga sabab boʻlgan.

 

Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1 326,6 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 8,8 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha boʻlganlar orasida ishsizlik darajasi 14,5 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foizni tashkil etgan.

 

2022-yilning 1-iyul holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 353,2 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 foizga yoki 38,8 ming kishiga ortishi kuzatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//