Jamiyat
Oʻzbekistonda 15–22-avgust kunlari teledasturlarni efirga uzatish qurilmalarida profilaktika ishlari olib boriladi. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini taʼminlash maqsadida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKning texnik qurilmalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Navbatdagi profilaktika ishlarini 15-22-avgust kunlari soat 01:00 dan 10:00 gacha vaqt oraligʻida hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich oʻtkazish rejalashtirilgan.
15-22-avgust kunlari har bir hududda navbatma-navbat faqat bir kun tungi soat 01:00 dan 10:00 gacha davlat, nodavlat va xorijiy telekanallarni uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari oʻtkaziladi.
Profilaktika ishlari oʻtkazilayotgan vaqtda abonent uskunasi (“tyuner” va televizor) sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q