Madaniyat
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi DUK tomonidan “Osmondagi qiz” murakkab postanovkachi badiiy filmini suratga olishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Ushbu film poytaxtimizdagi “Tashkent city” majmuasining qurilishi va unda ishtirok etayotgan minorali kran operatori Nargizaning hayot yoʻli haqida hikoya qiladi.
Film postanovkachi rejissyori Anvar Madraimov, ssenariy mualliflari Adil Koptan va Yan Milenin, badiiy rahbar Rashid Malikov.
Poytaxtliklar va poytaxt mehmonlarining koʻpchiligi “Tashkent city”ning katta taassurot uygʻotadigan bu qurilishiga qarab, bunchalik ulkan loyihani amalga oshirish naqadar qiyin ekanligi haqida oʻylab koʻrmagan boʻlsa kerak.
Mislsiz vazifalar va katta mehnat talab etadigan bu maskanda tashabbuskor yoshlar, gʻayratli va mehnatsevar mutaxassislarning fidoyi mehnati mujassam. Film qurilish ishtirokchilarining fidokorligini namoyon etib beradi hamda tomoshabinlarga “Tashkent city”ning asl koʻlamini anglatib, uni toʻliq his etishga yordam beradi.
Shuningdek, film yurtimizda ayollar ham katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligini koʻrsatib beradi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q