Jamiyat
Toshkentda erkak Central Parkʻdan uchib chiqqan oqqushni tutib, uyiga olib borib, oila davrasida yedi. Bu haqda “Mehr va oqibat” jamiyati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, istirohat bogʻidagi oqqush t0ʻsiq ustidan uchib oʻtib, tashqaridagi yoʻlakka tushgan. U yerda fuqaro N. uni ushlab, uyiga olib ketgan.
Qidiruv natijasida erkak topilgan. Aniqlanishicha, uning 13 yoshli oʻgʻli oqqushning boshini kesib tashlagan. Keyinroq oila qushni yeb qoʻygan.
6-avgust kuni “Mehr va Oqibat” vakillari, bogʻ xodimlari va Mirzo Ulugʻbek tumani profilaktika inspektori erkak va uning 13 yoshli oʻgʻli bilan uchrashgan.
Otaning soʻzlariga koʻra, ular qushni oq gʻoz deb oʻylashgan, uni ovqatlantirmoqchi boʻlishgan, lekin u ovqatdan bosh tortgan.
Fuqaro N. nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarimaga tortilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q