Jamiyat
Oʻzbekistonda Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar professional taʼlim muassasalariga kirish uchun ham roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Bu haqida Davlat test markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda abituriyentlarda OTMlarga kirish test sinovlarida toʻplagan ballari bilan professional taʼlim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
– abituriyent professional taʼlim muassasasiga kirish uchun tanlayotgan taʼlim yoʻnalishining fanlar majmuasi va ketma-ketligi OTMarga kirish uchun tanlagan taʼlim yoʻnalishining fanlar majmuasi bilan bir xil boʻlsa;
– abituriyent oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan boʻlsa;
– professional taʼlim muassasalariga kirish uchun roʻyxatdan oʻtishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlasa.
Agar mazkur shartlar bajarilmasa yoki abituriyent mazkur imkoniyatdan foydalanishni istamasa barcha abituriyentlar kabi professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
109651
Jamiyat
94035
Jamiyat
89808
Jamiyat
72963
Jamiyat
//
Izoh yo‘q