Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tashkil etilgan ipoteka markazini borib koʻrdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, davlat rahbari minglab odamlar tomorqa uchun ipotekadan foydalana olmayotganiga eʼtibor qaratib, mutasaddilarga bu boʻyicha koʻrsatmalar bergan.
«Tomorqa ipotekasini joriy qilish kerak. Tomorqa ipotekasi bu xalq ipotekasi boʻladi, — deydi Prezident.
Qayd etilishicha, 2022-yilda ipoteka kreditlari uchun tijorat banklariga byudjetdan 13 trillion soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan. Lekin olti oyda aholiga bu mablagʻlarning 30 foizi berilgan, xolos.
Toshkent ipoteka markazida tashrif buyuruvchilarga Toshkent shahrida qurilayotgan uylar, ularga xizmat koʻrsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida batafsil maʼlumotlar beriladi.
Shuningdek, oldi-sotdi, garov va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, uy-joyga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish masalalarida ham yordamlashiladi. Barcha xizmatlar bir joyda koʻrsatiladi.
“Xalqimiz turmushini yaxshilash uchun qancha qarorlar chiqayapti, qulayliklar yaratilyapti. Lekin koʻpchilik bundan toʻla xabardor emas. Bilganlar ham qayerga borishni bilmay, ovora boʻladi. Bu markaz uy olishni istaganlarga kompleks xizmat koʻrsatib, ogʻirini yengil qiladi. Endi markazning elektron platformalarini rivojlantirib, odamlarga yanada qulaylik yaratish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident matbuot xizmatining yozishicha, markazda qurilish va developer kompaniyalar oʻz ofislarini tashkil etgan. Xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q