Sport
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev bugungi Toshkent 1994-yilgi Dubaydan zoʻr ekanini taʼkidladi. Bu haqida “UzReport” telekanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent hokimi bu haqida 8-avgust kuni turizmni rivojlantirish mavzusida boʻlib oʻtgan brifingda gapirgan. Shuningdek, u brifing davomida “Salom, Tashkent” videoroligiga toʻxtalib oʻtgan.
“Bugungi Toshkent 1994-yilgi Dubaydan zoʻr. Buni aniq ayta olaman. Bunga necha yil boʻlibdi? Lekin sekin-sekin Dubay 80 million odamni qabul qilyapti. Turizmga juda katta kuch berdi, katta imkoniyat yaratdi, neftga qarab qolmadi. Turizm yoʻnalishida eng yaxshilarini qilishni boshladi. Men oʻylaymanki, albatta, juda Dubayga yetish qiyindir, lekin yaxshi orzu qilsak, qisman boʻlsa ham Dubaydek boʻlmaymizmi?” — deya taʼkidlagan hokim.
Jahongir Ortiqxoʻjayev brifing davomida poytaxtni Dubaydek sayyohlar uchun jozibador maskanga aylantirishni orzu qilishini aytgan.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
109998
Jamiyat
94294
Jamiyat
90151
Jamiyat
73435
Jamiyat
//
Izoh yo‘q