Sport
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Toshkent arxitektura qurilish institutiga tashrif buyurdi. Bu yerda Prezident institut talabalari hamda jurnalistlar suhbatda boʻldi.
Davlat rahbari kuni kecha Hindistonda oʻtkazilgan shaxmat olimpiadasida gʻolib boʻlgan oʻzbekistonlik shaxmatchilar haqida gapirdi.
“Shaxmatga oid 3 yilda uchta qaror qabul qildik. Nima uchun? Biz 20 yil davomida bu sohada kechikkanimiz uchun qarorlarni qabul qildim. 2026-yilgi shaxmat Olimpiadasiga endi barcha boshqacha tayyorgarlik koʻradi. «Biz chempionlar yurtiga boryapmiz”, deyishadi», — deydi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilarning ota-onalari bildirgan fikrlarini koʻrib juda xursand boʻlganini aytdi.
“Ularga katta mukofotlar bersak boshqalar uchun ham bu motivatsiya boʻladi. Hamma ota-onalar farzandlarini shaxmat toʻgaraklariga berishni boshlasa kerak”, — deydi Prezident.
Davlat rahbari 5-avgust kuni imzolagan qaroriga binoan shaxmatchilarga 600 milliondan berilishini qoʻshimcha qildi.
“Shuningdek, ularga davlat mukofotlarini ham beramiz. Bundan tashqari, ularga avtomobil berishni ham rejalashtirdik. Axir ularning bokschilardan nimasi kam?”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q