Madaniyat
Qadriyatlar – har bir millatning maʼnaviy qiyofasini namoyon etadi. Buyuk mutafakkirlar ham qadriyatlar millat maʼnaviyatining koʻzgusi deb bejiz eʼtirof etishmagan. Milliy qadriyatlar har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, anʼanalarini, barcha moddiy va maʼnaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini oʻz ichiga qamrab oladi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yakkasaroy tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamkorligida poytaxtimizdagi Amaliy sanʼat muzeyida “Milliy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimizdir” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Unda Yunus Rajabiy mahallasida istiqomat qiladigan xotin-qizlar va uy bekalari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva, Siyosiy fanlar doktori, professor, Maʼrifat targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, sanʼatshunos Gulchehra Umirova, xalqimizning sevimli aktrisalari Barno Qodirova, Oygul Abdurahmonova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining masʼul xodimi Pardaxol Norqobilova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boʻlim boshligʻi, shoira Farogʻat Xudoyqulovalar ishtirok etishdi.
Noanʼanaviy tarzda oʻtkazilgan tadbirda oʻzbek millatining urf-odatlari va anʼanalarini targʻib etuvchi koʻrgazmalar namoyish etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q