Sport
Oʻzbekiston 2026-yilda oʻtkaziladigan Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Saʼdullayev maʼlum qildi.
Ayni kunlarda Hindistonning Chennai shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. Bugun, 8-avgust kuni Chennaida FIDEʻning navbatdagi Kongressi boʻlib oʻtdi. Unda 2026-yilgi Olimpiada mezbonligi uchun Oʻzbekiston nomzodi delegatlar tomonidan maʼqullandi.
Maʼlumot uchun, 2022-yilgi Olimpiada 10-turi oldidan Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi peshqadam boʻlib turibdi. 8-avgust kuni oʻzbekistonlik shaxmatchilar Hindiston-2 jamoasiga qarshi dona suradi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
112785
Jamiyat
95463
Jamiyat
92286
Jamiyat
76607
Jamiyat
//
Izoh yo‘q