Jamiyat
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Nurafshon shahar hududida “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” qurilishi uchun yer maydoni ajratish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.
Unga koʻra, Toshkent viloyati Nurafshon shahar “Yangiobod” MFY “Nurafshon biznes city” hududidagi 22,28 gektar yer maydoni “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” qurilishi uchun bosh rejaga asosan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Biznes markazlarni qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.
Buyurtmachi Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Biznes markazlarni qurish direksiyasi” DUKga
– Davlat xizmatlari markazi orqali arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqish uchun buyurtmalar beradi hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash uchun litsenziyaga ega loyiha tashkiloti bilan oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuzadi;
– loyihalash uchun yer osti muhandislik inshootlarining ijro surati tushirilgan 1:500 nisbatdagi topografik xarita va geologik xulosa ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega korxonasiga buyurtma beradi;
– Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasiga xabarnoma yuboradi.
Shuningdek, unga mazkur hududda joylashgan muxandislik tarmoqlarini koʻchirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlari oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olish vazifalari yuklatilgan.
Qaror bilan viloyat qurilish bosh boshqarmasiga qurilish loyiha hujjatarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishiga amaliy yordam berish vazifasi yuklatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q