Madaniyat
Xonanda Xurshid Rasulov shoira Guljamol Asqarovaning mualliflik huquqini buzgani uchun ikki nafar talabaning shartnoma pulini toʻlab berishi maʼlum qilindi. Bu haqida shoira oʻzining feysbukdagi sahifasida eʼlon qilgan.
Taʼkidlanishicha, Guljamol Asqarova 2019-yilda Samarqanddan qaytayotganida xonanda Xurshid Rasulov shu sheʼrni takroriy satrlarini kuylayotganini eshitib qolgan. U oʻzining sheʼri buzib kuylanganini bilgach, shundan soʻng xonandaning administratori bilan bogʻlangan. Keyinroq Xurshid Rasulovning oʻzi aloqaga chiqib, sheʼr yoqib qolgani uchun muallifini 20 yil izlaganini aytgan. Shoirani topa olmagach, boshqa bir tanishiga soʻzlarini oʻzgartirib yozdirgan.
Bu vaqt ichida shoira arizasiga koʻra, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamenti harakat olib borayotgan boʻlgan. 2-avgust kuni xonanda Xurshid Rasulov, Xalq shoiri Iqbol Mirzo va shoira ushbu mavzu yuzasidan suhbatlashgan.
“Xurshid Rasulov samimiy, ochiq va isteʼdodli sanʼatkor sifatida qoʻshigʻi matnini yozgan shoir uchun ham uzr soʻradilar. Va kelgusida meni «Nega?” sheʼrimni qoʻshiq qilib aytish niyatini bildirdilar. Shuningdek, men tavsiya qilgan ikki ijodkor talabaning kontrakt pulini toʻlab berishlariga ham kelishildi», deydi shoira Guljamol Asqarova. Shuningdek, shoira arizasini qaytarib olganini maʼlum qilgan.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109659
Jamiyat
94043
Jamiyat
89821
Jamiyat
72976
Jamiyat
//
Izoh yo‘q