Sport
“Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Navoiy viloyatida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan maktabdan tashqari davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi.
Har yili oʻtkazib kelinayotgan Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirining final bosqichi 2023-yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida oʻtkaziladi.
Qarorga koʻra, 2023-yildan har yili tizimli ravishda quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi:
yoshlar oʻrtasida barcha hududlarda “Rokirovka” turniri;
keksa avlod vakillari oʻrtasida “Nuroniylar” kubogi uchun;
nogironligi boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida “Cheksiz imkon” turniri;
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan, 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofot fondiga ega “Womenʼs Chess Championship” xalqaro turniri;
MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar shaxmatchilari oʻrtasida anʼanaviy “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri.
2022/2023 oʻquv yilidan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta maxsus, professional va OTM hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida shaxmat toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, har yili Xalqaro shaxmat maktabida jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun trening va mahorat darslarini oʻz ichiga olgan mavsumiy oromgohlar tashkil etiladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q