Madaniyat
Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi markaziy istirohat bogʻida 6 va 7-avgust kunlari “Yangiamarket” hunarmandlar, rassomlar, gastro-havaskorlar va musiqachilarning ikkinchi festivali boʻlib oʻtadi.
Festival Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi koʻmagida hamda EXPRESS 24 xizmati hamkorligida tashkillashtirilmoqda.
“Yangiamarket” — yangi formatdagi tadbir boʻlib, biznes, madaniyat va sanʼatning koʻplab sohalari vakillarini oʻzida jamlaydi. Tadbir doirasida eng yaxshi yosh va istiqbolli dizaynerlar, hunarmandlar, bastakorlar va rassomlar, gastro-havaskorlar va oʻz sohasining boshqa mutaxassislari oʻz ishlarini taqdim etadilar.
Ikki kunlik festival dasturida Samocean (Samara dueti), DIOR (Moskva), Valeri (Toshkent), COC (Toshkent) kabi mahalliy va xorijiy yosh ijodiy guruhlar oʻz musiqiy chiqishlarini namoyish qiladilar.
Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar “Varim Kofe” qahvalari, “LILICHA” choylari va “Testo by Zamira” mazali taomlaridan tatib koʻrishlari mumkin.
Maʼlumot uchun, festivalga kirish bepul.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109960
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73397
Jamiyat
//
Izoh yo‘q