Bu masala 30 yildan beri keyinga surilib kelinmoqda – Prezident videoselektor yigʻilishi oʻtkazmoqda

Saqlash
20:25 / 04.08.2022 710 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun gʻoyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boshlandi.

 

«Bugungi mavzu 30 yildan beri keyinga surilib kelayotgan masalalar yechimiga qaratilgan.

 

Gap 35 million aholimizning hayotini yengil qiladigan, kayfiyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan – davlat xizmatini isloh qilish hamda boshqaruvda natijadorlik va sifatni oshirish haqida borayapti», dedi davlatimiz rahbari yigʻilish avvalida.

 

Taʼkidlanganidek, bu sohada 118 ming kishi mehnat qilmoqda. Soʻnggi yillarda davlat xizmatchilari xalqqa ancha yaqinlashdi, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.

 

Xodimlarga samarali ishlashlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.

 

Natijada, davlat xizmatida 40 yoshgacha boʻlgan xodimlar ulushi 61 foizga yetdi (ilgari 37 foiz boʻlgan).

 

“Lekin, hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yoʻq”, dedi Prezident.

 

Misol uchun, oʻtgan yili Xalq qabulxonalariga vazirlik va hokimliklar xodimlarining bilimsizligi va masʼuliyatsizligi haqida 25 mingta, ularning muloqot madaniyati yetishmasligi bilan bogʻliq 7 mingta shikoyat kelib tushdi.

 

Eng koʻp shikoyatlar Sogʻliqni saqlash, Xalq taʼlimi vazirliklari, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari faoliyati bilan bogʻliq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//