Jamiyat
Shu kunlarda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari – kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakli boʻyicha 11 yoʻnalish doirasida ijodiy imtihonlar boʻlib oʻtmoqda. Oyina.uz ana shu jarayonlardan fotoreportaj tayyorladi.
(1).png)
Universitetda hozirgi vaqtda yangi tashkil etilgan yoʻnalishlar bilan birga 17 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, bugun ulardan 11 tasi yaʼni bevosita jurnalistikaga aloqador boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha ogʻzaki va yozma shaklda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilyapti.
(1).png)
Abituriyentlar kunning birinchi yarmida guruhlarga boʻlingan holda yozma va kunning ikkinchi yarmida ogʻzaki (suhbat) imtihonlarni topshiradi.
(1).png)
Ijodiy imtihonlar universitet tashkil etilgan ilk yillardan beri kirish imtihonlarining ajralmas qismi boʻlib, pandemiya sababli 2 yildan buyon oʻtkazilmayotgan edi. 2 yillik tanaffusdan soʻng bu yil ijodiy imtihonlar jurnalistika sohasi boʻyicha taʼlim beruvchi barcha OTMlarga qaytarildi.
.png)
(1).png)
Shaffoflikni taʼminlash maqsadida ijodiy imtihonlarga hayʼat aʼzolari sifatida taniqli jurnalistlar, koʻzga koʻringan media shaxslari taklif etilgan boʻlib, ular ham suhbat, ham yozma (insho) boʻyicha talabalikka daʼvogarlarning bilim darajalarini baholab beradi.
(1).png)
Imtihon vaqtida telefon, kitob kabi ortiqcha narsalar olib qolinib, faqat hujjat bilan kiritildi.
(1).png)
Imtihonga kirib ketgan farzandini kutayotgan ona
(1).png)
Partalar oralab jarayonni nazorat qilayotgan kuzatuvchi
(1).png)
Internet jurnalistika yoʻnalishiga topshirayotgan abituriyentning hujjatlar toʻplami
(1).png)
Universitet hovlisida yaqinini imtihondan chiqishini kutayotgan qizaloq
(1).png)
Ichkaridagi jarayonni videomonitordan kuzatib turgan yigit
(1).png)
(1).png)
(1).png)
Yozma ijodiy imtihon jarayonlari
(1).png)
.png)
Foto: Xolida MUSURMONOVA
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110492
Jamiyat
94397
Jamiyat
90286
Jamiyat
73941
Jamiyat
//
Izoh yo‘q