Karmana tuman Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Saqlash
14:45 / 04.08.2022 819 0

Kengash yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi A.Mavrulov, Navoiy viloyat hokimi oʻrinbosari Ya.Dushanov, Karmana tuman hokimi, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi F.Samadov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyat boʻlimi rahbari A.Muqimovlar hamda tuman Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzolari, korxona va tashkilot va muassasalar rahbarlari, soha vakillari ishtirok etdi.

 

 

Karmana tuman hokimi, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi F.Samadov soʻzga chiqdi va yigʻilishda 2022-yilning birinchi yarim yilligi davomida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilgan ishlar hamda tumandagi umumtaʼlim maktablari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari va ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilarning 2021/2022 oʻquv yilidagi faoliyati tahlili va oʻquv yili yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.

 

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi A.Mavrulov soʻzga chiqib, Karmana tuman hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan rejalar boʻyicha fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

 

Bundan tashqari, Navoiy viloyat hokimi oʻrinbosari Ya.Dushanov oʻzining sohaga oid taklif va fikrlarini bildirib oʻtdi.

 

 

Ishtirokchilar tomonidan masʼullarga savol va takliflar berildi. Berilgan savollarga toʻliq javob aytib oʻtildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//