Jamiyat
Davlat test markazi 2022-2023 oʻquv yili uchun abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlari boʻyicha maʼlumot berdi.
2022-2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan va test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 1 146 744 nafarni tashkil etdi.
Abituriyentlarning taʼlim shakllari boʻyicha taqsimoti (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan): kunduzgi taʼlim shakli — 585 669 nafar; sirtqi taʼlim shakli — 528 839 nafar; kechki taʼlim shakli — 25 369 nafar; masofaviy taʼlim shakli — 6 867 nafar.
Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlangan oliy taʼlim muassasalari (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):
Oʻzbekiston milliy universiteti — 41 577 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 40 523 nafar;
Namangan davlat universiteti — 37 267 nafar;
Urganch davlat universiteti — 37 091 nafar;
Jizzax davlat pedagogika instituti — 35 706 nafar.
Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan hududlar (doimiy yashash hududi boʻyicha): Qashqadaryo viloyati — 133 987 nafar; Samarqand viloyati — 125 717 nafar; Toshkent viloyati — 107 923 nafar; Fargʻona viloyati — 104 201 nafar; Surxondaryo viloyati — 101 417 nafar.
Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlangan OTMlar maʼlum qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q