Madaniyat
Joriy yilning 16-27-iyul kunlari Termiz davlat muzey qoʻriqxonasida saqlanayotgan noyob ashyolar xatlovdan oʻtkazildi hamda ularning saqlanishi va xavfsizlik holati oʻrganildi.
Qayd etilishicha, jami boʻlib, Ishchi guruh tomonidan 1 450 dona eksponat koʻrib chiqildi.
Termiz davlat muzey qoʻriqxonasi va uning tarkibidagi filial va boʻlimlarida 2021-yil uchun topshirilgan statistik maʼlumotlarga koʻra jami 71 801 ta muzey ashyolar mavjud boʻlib, ularning 62 117 tasi asosiy fond, 9684 tasi ilmiy yordamchi fondidagi ashyolar hisoblanadi. Ushbu ashyolarning jami 26 753 donasi, shundan hisobot yilida 7 389 ta ashyolar ilmiy inventarizatsiyadan oʻtgan deb aks etilgan boʻlsada, muzey xodimlari tomonidan dalolatnomalar rasmiylashtirilmagan. Shu bilan birga, umumiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va muzeyning bosh saqlovchisi maʼlumotiga koʻra statistik maʼlumotlar notoʻgʻri qilib hisobot topshirilgan, aslida muzeyda jami 62 117 ta eksponatlar mavjud.
Oʻrganishlar davomida muzeyda saqlanayotgan va kirim daftarida qayd etilgan eksponatlarda kamomadlar aniqlandi va hujjat yuritishda kamchiliklar topildi.
Ishchi guruh tomonidan Termiz davlat muzey-qoʻriqxonasida olib borilgan oʻrganish davomida aniqlangan bir qator kamchilik va muammolar boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma tegishli hujjatlar bilan birgalikda huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda koʻrib chiqish va huquqiy baho berish uchun yuborildi.
Shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi va Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida saqlanayotgan noyob ashyolar xatlovdan oʻtkazildi hamda ularning saqlanishi va xavfsizlik holati oʻrganildi. Oʻrganish ishlari davomida aniqlangan bir qator kamchilik va muammolar boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma tegishli hujjatlar bilan birgalikda huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda koʻrib chiqish va huquqiy baho berish uchun yuborildi.
Ayni vaqtda Madaniy meros agentligi mutaxassislari tomonidan yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash boʻyicha ish olib borilmoqda. Bu boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q