Madaniyat
Bosh prokuratura, DXX va Madaniy meros agentligi ishtirokida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida Namangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumani masʼul mansabdor shaxslari tomonidan madaniy meros obyekti uy-joy qurish uchun noqonuniy berib yuborilgani aniqlandi.
Oqibatda obyektga jiddiy zarar yetkazilgan.
Jumladan, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Yangiqoʻrgʻon tumani “Gaiston” mahallasida joylashgan “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligiga oid hujjatlar tuman kadastr va qurilish boʻlimi boshliqlari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda yer uchastkalarini berish masalasini koʻrib chiquvchi komissiyaga taqdim etilgan va ushbu hudud noqonuniy ravishda fuqarolarga dala hovli qurish uchun ajratilgan.
Oqibatda, “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligi 2020-2021-yillar davomida fuqaro Z.M. tomonidan buzib tashlanib, oʻrniga uy-joy qurilgan. Natijada tarixiy obyektga 80 mlrd. soʻm jiddiy zarar yetkazilgan.
Tekshirish natijasiga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
111702
Jamiyat
94652
Jamiyat
90643
Jamiyat
75196
Jamiyat
//
Izoh yo‘q