Madaniyat
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira Farogʻat Kamol vafot etdi. Bu haqida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Farogʻat Kamolova 1959-yil 27-martda Jizzax tumanidagi Moʻlkanlik qishlogʻida tugʻilgan. 1981-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Gulxan” jurnalida, “Yozuvchi” nashriyotida faoliyat yuritgan.
1985-yilda dastlabki sheʼriy toʻplami – “Osmon parchasi” keyinroq “Uzoq safarlar” (1987), “Bargizub” (1990), “Holatlar kitobi” (2000) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr qilingan.
Shoira Serb shoirasi Desanka Maksimovich, rumin adabiyoti vakillari Oktavian Goga, Nikita Stenesku, Nikolay Labish, Jorje Bakoviya, Mixay Eminesku, Zaxariya Stanku, Nikita Stenesku, Anna Blandiana sheʼrlarini mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q