Sport
Oʻzbekistonda taekvondo sport turi boʻyicha zamonaviy sport majmualari quriladi. Bu haqida Prezident qarori imzolandi.
Unga koʻra, taekvondo (WT)ni olimpiya sport turi sifatida ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash, milliy terma jamoalarzning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida quyidagilar 2022-2024-yillarda taekvondo (WT) sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilanadi:
– taekvondoni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, iqtidorli sportchilarni, shu jumladan, sportchi-ayollarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
– maktabgacha yoshdagi bolalarda taekvondoning “Pumse” yoʻnalishiga qiziqish uygʻotish orqali nafas olish, xotira va konsentratsiyani yaxshilash, vestibulyar apparatni chiniqtirish kabi sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish, shuningdek, istiqbolda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda “Kids taekvondo” loyihasini ishga tushirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
– ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, koʻp bolali oilalar farzandlarining taekvondo bilan shugʻullanishi uchun hududlarda “Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturini ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
– zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taekvondo boʻyicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarini tashkil etish, ularga maktab joylashgan hududdagi sport maktabi va boshqa muassasadan trener-oʻqituvchilarni jalb etish, shuningdek, oʻrta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi va talabalari uchun taekvondo boʻyicha fakultativ mashgʻulotlarni joriy etish, taekvondo klublari tuziladi;
– taekvondo boʻyicha xalqaro talablarga muvofiq zamonaviy sport majmualarini qurish, mavjud sport majmualarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan taʼminlanadi;
– hududiy terma jamoalarning asosiy tayyorgarlik markazlari sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yengil konstruksiya asosida quriladigan markazlar tashkil etiladi;
– taekvondoni oʻqitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash hamda tibbiy xizmat rivojlantiriladi;
– mahalliy korxonalar tomonidan xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda taekvondo boʻyicha xalqaro standartlarga mos zamonaviy inventarlar va jihozlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
– ommaviy axborot vositalarida sogʻlom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida taekvondoni targʻib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajadagi axborot texnologiyalari va multimedia mahsulotlaridan foydalanilishini taʼminlanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q