Siyosat
“Sport kurashlarining Olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2022-2024-yillarda sport kurashlarining olimpiya turlarini (erkin kurash va yunon-rum kurashi) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Qarorga koʻra, 2023-yildan har yili anʼanaviy tarzda sport kurashlari boʻyicha erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida navbatma-navbat respublikaning barcha hududlarida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari boʻyicha):
– yoshlar oʻrtasida Prezident sovrini uchun xalqaro sport musobaqalari;
– oʻsmirlar oʻrtasida “Uzbekistan-Grand Prix” xalqaro sport musobaqalari;
– kattalar oʻrtasida “New Uzbekistan” xalqaro sport musobaqalari;
– Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Vazir kubogi”, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida “Rais kubogi”, Milliy gvardiya tizimida “Qoʻmondon kubogi”, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi kubogi”, “Viloyat hokimi kubogi” va “Toshkent shahri hokimi kubogi” musobaqalari oʻtkaziladi.
Oʻrta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida uyushtiriladigan “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining dasturlariga sport kurashlari kiritiladi.
2023/2024 oʻquv yilidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sport kurashlari boʻyicha oʻqishga qabul qilishning amaldagi davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
2023-yildan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlarining kamida bitta turi boʻyicha, shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlarining ikkita turi boʻyicha seksiya va boʻlimlar tashkil etiladi.
Sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklarida ishtirok etadigan sportchilarning natijalari xorijiy malakali hakamlar tomonidan baholanishi yoʻlga qoʻyiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q