“Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi

Saqlash
16:08 / 01.08.2022 644 0

“Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

 

Qaror bilan turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi.

 

Konsepsiya doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Margʻilon, Qoʻqon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi toʻgʻrisida seminar, simpozium, konferensiya, ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkaziladi.

 

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida oʻzaro hamkorlik orqali “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi.

 

2023-yildan har 2 yilda 1 marotaba:

 

may oyining uchinchi dekadasida Margʻilon shahrida “Margʻilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida koʻrgazma va ilmiy-konferensiya;

 

iyun oyining birinchi dekadasida “Lavanda” festivali;

 

iyul oyida talabalar va yoshlar uchun Xalqaro “Turksoy” tashkiloti bilan hamkorlikda “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali;

 

avgust oyining uchinchi haftasida turkiy davlatlarning tadbirkorlari, OAV, jurnalist va blogerlar uchun “Tabarruk ziyorat” xalqaro mediaturi va uning doirasida “B2B” formatida uchrashuvlar tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish