Siyosat
Bu haqida dushanba kungi brifingda Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
“Davlatimiz rahbarining Turkiya va Ozarbayjon respublikalari prezidentlari kelishuvlariga muvofiq, mazkur haftada ilk bor Toshkent shahrida Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo hamda transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Bu mutlaqo yangi mexanizm” — dedi u.
Taʼkidlanishicha, muzokaralar kun tartibidan mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlik istiqbollarini belgilash oʻrin olgan. Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev tadbirda ishtirok etadigan Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavushogʻli va Ozarbayjon TIV rahbari Jeyhun Bayramovni ham qabul qiladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q