Kushon podsholigiga oid tangalar Oʻzbekistondan olib ketilayotganda ushlab qolindi

Saqlash
14:57 / 01.08.2022 2172 0

Ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.

 

“Samarqand-Vnukovo” yoʻnalishidagi aviareys bilan xorijga ketayotgan fuqaro A.A.ning bagaj sumkasi rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan oʻtkazdi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi.

 

Natijada fuqaroning bagaj sumkasidan Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tangalar, 3 dona tarozi kalibrovkasini oʻlchaydigan qadimiy metallar hamda 1 donadan 7,62 kalibrli gilza va otilgan oʻq qoldigʻi borligi aniqlandi.

 

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//