Mudofaa vazirligi 6 oyda 36 mlrd soʻmni qonunga zid ravishda ishlatganini rad etdi

Saqlash
00:46 / 30.07.2022 824 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat xaridlari tizimida 48 mlrd 500 mln soʻm mablagʻ noqonuniy oʻzlashtirilgani aniqlandi. Bu haqida agentlik rasmiy sahifasida xabar berildi.

 

 

 

Unga koʻra, oʻtgan 6 oyda Mudofaa vazirligi 36,1 mlrd soʻmni, Sogʻliqni saqlash vazirligi 6 mlrd soʻm mablagʻni davlat xaridlariga oid qonunga zid ravishda ishlatgan.

 

Mazkur xabar xabar yuzasidan Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, eʼlon qilingan maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda turli salbiy talqinlarga sabab boʻlmoqda.


«Agentlikning xabarida Mudofaa vazirligi tomonidan Davlat xaridlari sohasida qonun talablariga rioya qilinishida xato va kamchiliklar mavjudligi bayon etilgan. Taʼkidlash kerakki, ushbu holatlar Mudofaa vazirligi byudjet mablagʻlariga mutlaqo aloqasi boʻlmagan Harbiy savdo korxonalarining 5 yillik faoliyati davomida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklardan iborat ekanligi aniqlangan.


Shu munosabat bilan, respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻraymiz. Eslatib oʻtamiz, asoslanmagan yolgʻon xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud», deyiladi munosabatda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//