Oʻzbekistonda internet qamrovi va sifati oshiriladi

Saqlash
22:44 / 29.07.2022 876 0

Prezidentning IT sohasi vakillari bilan muloqoti chogʻida mamlakatda internet qamrovi va sifatini keskin oshirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Tadbirda hududlarning optik tolali tezkor mobil internet (4G) bilan qamrab olish darajasi 70 foiz atrofida. 118 ta qishloqlarga Internet ham, mobil aloqa ham kirib bormaganligi taʼkidlandi. Shuningdek, IT sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish kerak.

 

Bugungi kunda bunday yoshlarning startaplariga (230 ta) atigi 10 milliard soʻm grantlar ajratilgan. Shu bilan birga, kompyuter xaridi uchun 3,5 ming nafar yoshlarga kredit berilgan boʻlsa, kafil yoʻqligi uchun 6,5 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish rad etilgan.

 

Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Navoiyda IT-parklarni tashkil etish ishlari yakuniga yetkazilmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//