Jamiyat
Joriy yilning 22-iyul kuni Oʻzbekistonning Xorazm va Navoiy viloyatlarida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun maksimal havo haroratining absolyut rekordlari yangilandi. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlum qildi.
Markaz maʼlumotiga koʻra, 22-iyul kuni Xorazm viloyatining Tuyamoʻyin hududida +47,5 daraja qayd etilgan. Navoiy viloyatining Uchquduq hududida 46,3 daraja issiq kuzatilgan.
Maʼlumot uchun, butun meteorologik kuzatuvlar tarixi uchun Oʻzbekistonda haroratning eng yuqori qiymatlari (+50 daraja atrofida) Qizilqum choʻli va Termiz shahrida qayd etilgan.
Toshkentda maksimal harorat 1997-yil 18-iyulda oʻrnatilgan (+44,6 daraja).
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
110803
Jamiyat
94458
Jamiyat
90378
Jamiyat
74275
Jamiyat
//
Izoh yo‘q