Jamiyat
Prezident 25-iyul kuni “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni OʻzAda eʼlon qilindi.
Farmon bilan Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etildi.
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan 1-sentyabrdan boshlab davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha minimal isteʼmol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlanadi. Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha boʻlgan tanaffuslar mavjud boʻlsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qoʻllaniladi.
Kelgusida davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha beriladigan nafaqalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich toʻlanadi.
Prezident matbuot xizmati maʼlum qilishicha, xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga davlat tomonidan toʻlanadigan homiladorlik va tugʻish nafaqasi miqdori – 2 million soʻmni tashkil etadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109645
Jamiyat
94030
Jamiyat
89794
Jamiyat
72957
Jamiyat
//
Izoh yo‘q