Jamiyat
Oʻzbekistonda ijro intizomi boʻyicha elektron tizim – Ijro.gov.uz orqali belgilangan Prezident hujjatlari ijrosini taʼminlamagan 12 nafar davlat xizmatchisiga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Bu haqida 27-iyul kungi matbuot anjumanida Adliya vazirligi Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi Noʻmon Muhammadiyev maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, 6 oy davomida 313 ta hujjat, xususan 36 tasi qonun, 46 tasi farmon, 172 tasi qaror, 9 tasi farmoyish va 50 tasi yigʻilish bayoni roʻyxatga olindi hamda undagi 16 599 ta topshiriqlar nazoratga olinib, Ijro.gov.uz portali orqali ijroga qaratildi.
“Yagona elektron tizim hamda yangi mexanizmlar joriy qilinishi natijasida ortiqcha ovoragarchilik, qogʻozbozliklarning oldi olindi, topshiriqlar masʼul ijrochilarga tezkor tarzda yetkazilib, ularning ijrosi oʻz vaqtida va toʻgʻri tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, uzoq vaqtlar davomida bajarilmasdan kelinayotgan topshiriqlarning bajarilishi taʼminlanib, bu kabi salbiy holatlar keskin kamayishiga erishildi”, — Adliya vazirligi vakili.
Uning soʻzlariga koʻra, mart oyidan boshlab xattoki prezident Administratsiyasi rahbarining topshiriqlari ham roʻyxatga olinib, ijrosi nazorat qilinmoqda.
Bundan tashqari, muddati oʻtib, bajarilmagan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda kelgusida bu kabi holatlarni takroran sodir etilishining oldini olish yuzasidan Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa idoralarga 10 dan ortiq taqdimnomalar kiritildi.
“Natijada ijro intizomi buzilishiga yoʻl qoʻygan jami 12 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Shundan 5 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan boʻlsa, 6 nafari hayfsan va 1 nafariga jarima jazosi qoʻllanildi”, — dedi Noʻmon Muhammadiyev.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida muddati oʻtib, bajarilmagan topshiriqlar soni 1-iyun holatiga, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 204 taga yoki 69 foizga kamaytirishga erishildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q