Toʻlovni amalga oshirmagan abituriyentlarga yana imkon berildi

Saqlash
14:43 / 28.07.2022 823 0

2022-yil 27-iyul kuni 2022/2023-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlandi.

 

Qabul yakuniga koʻra onlayn roʻyxatdan oʻtgan va taʼlim yoʻnalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.

 

Maʼlumki, test sinovlari uchun toʻlovni amalga oshirmagan abituriyentlar roʻyxatdan oʻtmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

 

27-iyul kuni (qabulning soʻnggi kuni) ham koʻplab abituriyentlar onlayn roʻyxatdan oʻtgani va aksariyati toʻlovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qoʻshimcha imkoniyat berildi.

 

Unga koʻra, test sinovi uchun toʻlovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28-iyul kuni soat 18:00 qadar toʻlovni amalga oshirishlari mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//