Umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablar soddalashtiriladi

Saqlash
14:39 / 28.07.2022 737 0

“Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga koʻra, “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi.

 

Portal orqali tadbirkorlarning murojaatlari kechayu kunduz qabul qilinib hal etiladi va ushbu jarayonlar nazorat qilib boriladi.

 

2022-yil 1-avgustdan:

 

portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:

 

tadbirkorlar;

 

Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Sall-markaz” xizmati;

 

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Vakil);

 

hokim yordamchilari;

 

murojaatlar avtomatik yoki Vakil tomonidan vakolatli organlarga koʻrib chiqish va hal etish uchun yoʻnaltiriladi;

 

vakolatli organlar murojaatlarni koʻrib chiqib natijalari toʻgʻrisida axborotni portalga kiritadi;

 

Vakil murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat oʻrnatadi hamda qonunbuzilish holatlari boʻyicha tegishli taʼsir choralarini qoʻllaydi.

 

Vakil har yili 1-martgacha Prezidentga davlat organlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining holatiga doir yillik hisobot taqdim etadi.

 

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 1-sentyabrgacha umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablarni soddalashtirish hamda ushbu sohalardagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi hujjat loyihasi Hukumatga kiritiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//