Jamiyat
Joriy yilning 29-iyul – 7-avgust kunlari Toshkent shahridagi uchta koʻcha avtomobil harakati uchun yopiladi. Bu haqida shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu kunlarda Food Fest-2022 gastronomik festivali boʻlib oʻtadi. Festival kunlari doirasida quyidagi yoʻllarda avtotransport harakati cheklanadi:
– Istiqlol koʻchasi – Buyuk Turon koʻchasidan Hyatt Regency mehmonxonasigacha boʻlgan qismida;
– Zarafshon koʻchasi – Istiqlol koʻchasidan va Mustaqillik shoh koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Javaxarlal Neru koʻchasi – Mustaqillik shoh koʻchasidan Zarafshon koʻchasigacha boʻlgan qismida.

“Vaqtincha noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishni iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112088
Jamiyat
94774
Jamiyat
90806
Jamiyat
75608
Jamiyat
//
Izoh yo‘q