Jamiyat
Sirdaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasida yirik miqdordagi byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari aniqlandi, deb xabar berdi DXX matbuot xizmati.
2021-yilning dekabr oyida boshqarma mutasaddilari tomonidan 7 ta firma bilan qariyb 2 mlrd soʻmlik 24 turdagi jami (2612 dona) sport anjomlarini xarid qilish uchun 31 ta shartnoma tuzilgan.
Tekshiruv davomida boshqarma hamda firmalarning mansabdor shaxslari sport anjomlari oldi-sottisini sunʼiy qimmatlashtirilgan narxlarda amalga oshirgani maʼlum boʻldi.
Sudga oid tovarshunoslik ekspertizasining xulosasiga koʻra, umumiy oʻrtacha bozor qiymati 720,3 mln boʻlgan sport anjomlari 1,9 mlrd soʻmdan ortiqqa xarid qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
111661
Jamiyat
94646
Jamiyat
90636
Jamiyat
75163
Jamiyat
//
Izoh yo‘q