Vladimir Norov Afgʻoniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni maʼlum qildi

Saqlash
01:35 / 27.07.2022 816 0

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

 

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov oʻz maʼruzasida Afgʻoniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni sanab oʻtdi. 

 

“Muvaqqat hukumat tomonidan xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari, jumladan, keng vakillikka asoslangan inklyuziv hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash va milliy ozchiliklar, shuningdek, afgʻonlarning toʻla huquqli maktab taʼlimiga qabul qilinishi boʻyicha zudlik bilan amalga oshirilishini kerak boʻlgan vazifalar taʼkidlandi. Bu butun afgʻon xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir”, dedi Oʻzbekiston TIV rahbari.

 

Anjumanda Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi, Eron, Italiya, Ispaniya, Qozogʻiston, Qatar, Qirgʻiziston, Tojikiston, Xitoy, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, AQSH, Turkiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillar, BMT va uning nizom organlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti rahbarlari, xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek, birinchi marta tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy boshchiligida Afgʻoniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etyapti.

 

Tadbirda jami 100 ga yaqin xorijiy delegatsiyalar ishtirok etadi. Unda delegatsiyalar rahbarlarining chiqishlari rejalashtirilgan. Uning doirasida Afgʻonistonni rivojlantirish va xalqaro jarayonlarga integratsiyalashuviga qaratilgan, Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar taqdimoti ham tashkil etiladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//