Siyosat
Toshkent shahrida tramvay harakatini tiklash loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish avgust oyida yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 15-iyuldagi sessiyasida shahar Transport boshqarmasi boshligʻi Anvar Joʻrayev maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, tramvay choksiz relslar evaziga “shovqinsiz” boʻladi, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishga esa xorijlik mutaxassislar jalb etilgan.
“Prezidentga ikki yoʻnalishda takliflar tayyorlayapmiz. Birinchisi, TTZ massividan Shimoliy vokzalgacha, loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Ikkinchi yoʻnalish Chilonzor buyum bozori (Ippodrom)dan Shimoliy vokzalgacha”, — dedi u.
“Nega biz bu ikki nuqtani tanladik? Ushbu ikki punkt orqali Toshkent viloyatidan shaharga katta yoʻlovchilar oqimi kirib keladi. Bu transport oqimi kirib kelishining oldini olish uchun biz bu yerda [metro yoʻnalishlari] takrorlanmaydigan tramvay yoʻnalishlarini belgilayapmiz”, dedi Anvar Joʻrayev.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113294
Jamiyat
96018
Jamiyat
93312
Jamiyat
77293
Jamiyat
//
Izoh yo‘q