Madaniyat
Bugun, 21-iyul kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi tomonidan Turon yurtining ulug‘ farzandi, buyuk faylasuf va shoir Jaloliddin Rumiy asarlariga bag‘ishlangan “Masnaviydan taralgan yog‘du” nomli tadbir o‘tkazildi.
Unda bolalar uchun tayyorlangan “Ma’naviy masnaviydan hikoyalar” (1-2) va “Ma’naviy masnaviy” (1-6) kitoblarining taqdimoti, shuningdek asar tarjimoni, nasriy bayoni muallifi Odil Ikrom va kitoblar muharriri, loyiha rahbari shoira Oydinniso Yo‘ldosheva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroyeva, Xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasi akademigi, yozuvchi Nurali Qobul, kinorejissyor Mirzapo‘lat Toshpo‘latov, shoira Go‘zal Begim so‘zga chiqib, yangi tarjima asarlarning ahamiyati xususida fikr yuritdilar.
Ushbu kitob Ko‘niyo kutubxonasida saqlanayotgan eng moʻtabar qo‘lyozma asosida ilk bor fors va o‘zbek tillarida nashrga tayyorlandi. Odil Ikrom va Oydinniso Yo‘ldosheva bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayoni qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q